Caspel uz
HRM (Human Resource Management System) – inson resurslariga oid barcha boshqaruv jarayonlarini raqamli platforma orqali amalga oshirish imkonini beradigan tizimdir.
WMS (Warehouse Management System) – ombordagi mahsulotlarning kirim-chiqimi, qaytarilishi, hisobdan chiqarilishi, omborlararo harakati, inventarizatsiyasi va boshqa ombor operatsiyalarini boshqarishga mo‘ljallangan tizimdir.
DMS (Electronic Document Circulation System) – hujjatlarning elektron yaratilishi, tahriri, saqlanishi, ulashilishi, imzolanishi va kuzatilishini boshqaradigan tizimdir.
REM (Real Estate Management System) – ko‘chmas mulkni boshqarish uchun mo‘ljallangan kompleks dasturiy ta’minotdir.
FAM (Fixed Asset Management System) – kompaniyaning moddiy aktivlarini hisobda saqlash va texnik xizmat jarayonlarini tizimlashtirish uchun mo‘ljallangan kuchli platformadir.
TMS (Task Management System) – jamoa ichidagi vazifalarning rejalashtirilishi, biriktirilishi, bajarilishi va kuzatilishi uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minotdir.
CRM (Customer Relationship Management System) – kompaniyalarga mijozlar bilan bo‘lgan munosabatlarni markazlashtirilgan tarzda boshqarish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotdir.
SSO (Single Sign-On) – foydalanuvchilarga bir marta tizimga kirish orqali bir nechta turli tizim va ilovalarga bir vaqtning o‘zida kirish imkonini beruvchi yagona identifikatsiya tizimidir.
OGW (Oil and Gas Wells Management System) – neft va gaz quduqlarining texnik holati, ishlash rejimlari, qazib olish ko‘rsatkichlari va texnik xizmat jarayonlarini markazlashtirib boshqaradigan tizimdir.
BMS (Billing Management System) – kompaniya ichida to‘lovlar, hisob-fakturalar va moliyaviy oqimlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan tizimdir.
PMS (Procurement Management System) – kompaniya ichida xarid jarayonlarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotdir.
CMT (Cash Management System) – kompaniya ichida naqd va naqdsiz mablag‘ oqimlarining, kassa operatsiyalarining va moliyaviy intizomning samarali boshqarilishini ta’minlaydigan tizimdir.
QMS (Quality Management System) – mahsulot va xizmatlarning sifatini nazorat qilish, ichki jarayonlarni optimallashtirish va xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotdir.
CRP (Checkpoint & Access Control System) – korxona va tashkilotlarning kirish-chiqish punktlarida xavfsizlik, ro‘yxatga olish va nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan tizimdir.